Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi binosi sirli ravishda boshqa tashkilotga berib yuborilayotgani va madaniy meros obyektiga zarar yetishi xavfi borligi haqida xabarlar tarqaldi. 16-oktabr kuni Madaniy meros agentligi bu xabarlardan keyin oʻrganish ishlari olib borilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani Alisher Navoiy koʻchasi 69-uy manzilida joylashgan bino madaniy meros obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, davlat muhofazasiga olingan.

Bino hukumat qarori bilan operativ boshqaruv huquqi asosida Davlat yoshlar teatriga tekin foydalanishga berilgan.

“Bu obyektning boshqa foydalanuvchiga oʻtkazilishi uning “madaniy meros obyekti” maqomini mutlaqo oʻzgartirmaydi. “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 24-moddasiga muvofiq, moddiy madaniy meros obyektining foydalanuvchisi yoki mulkdori kim boʻlishidan qatʼi nazar, uning tashqi va ichki koʻrinishini obyekt pasportiga kiritilgan muhofaza mazmuni maʼlumotlariga muvofiq holda saqlash majburiyati oʻz kuchida qoladi. Foydalanuvchi oʻzgarishi huquqiy majburiyatlarni bekor qilmaydi, balki yangi foydalanuvchi (teatr) zimmasiga yuklaydi.

Mazkur obyekt tarixan va arxitekturaviy jihatdan “Rus yosh tomoshabinlar teatri binosi” sifatida barpo etilgan boʻlib, Davlat yoshlar teatri uzoq yillardan buyon ushbu majmuaning bir qismida faoliyat yuritib keladi. Bino hukumatning XDFU (Xizmat doirasida foydalanish uchun) qarori bilan teatrga berilganining sababi - mazkur majmuani yagona madaniy-teatr majmuasi sifatida saqlab qolish va teatrning kengaygan ehtiyojlari (repetitsiya zallari, grim xonalari, dekoratsiya ustaxonalari) uchun sharoit yaratishdir”, – deyiladi Madaniy meros agentligi izohida.

Taʼkidlanishicha, qonunchilikka muvofiq, davlat koʻchmas mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida yoki tekin foydalanish huquqi asosida biriktirish Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi. Bino madaniy meros obyektlari roʻyxatida boʻlgani bilan