Prezident “2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Qayd etilişiça, prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi PQ–4502-son qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uçun pensiyani hisoblaşda mehnat stajini tasdiqlaş va iş haqi miqdorini belgilaş “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud ma'lumotlar asosida amalga oşiriladi.
Şunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq pensiyani hisoblaş uçun mehnat stajini tasdiqlaş va iş haqi miqdorini belgilaşda arxiv ma'lumotlarini taqdim etmasdan:
2005–2016 yillar davri uçun jamğarilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar töğrisidagi ma'lumotlardan;
2016–2018 yillar davri uçun Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasiga ötkazilgan suğurta badallarini yakka tartibda hisobga olişning markazlaştirilgan elektron reyestri ma'lumotlaridan;
2019 yil uçun fuqarolar iş haqining yakka tartibdagi hisobini yuritişning markazlaştirilgan elektron reyestri ma'lumotlaridan foydalaniladi.
Uşbu bandda körsatilgan davrlar uçun arxiv ma'lumotlaridan faqat tizimlarda zarur ma'lumotlar mavjud bölmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi. Fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekşiriş hamda qöşimça arxiv ma'lumotlarini talab qilib oliş zarurati bölganda, fuqaroga pensiya minimal miqdor böyiça sirtdan rasmiylaştiriladi va keyinçalik qayta hisob-kitob qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda uç oy muddatda:
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali 2020 yil 1 yanvargaça bölgan davr uçun zarur ma'lumotlarni yagona tizim orqali yiğiş maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va ma'lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinişi, şuningdek, uşbu tizim töliq işlaşini ta'minlaş uçun ma'lumotlarni raqamlaştiriş çoralarini köradi;
fuqarolar uçun ularga tayinlangan pensiya tölovlari töğrisidagi tegişli ma'lumotlar bilan tanişiş, şu jumladan avtomatik hisoblaş imkoniyatini yaratişni inobatga olgan holda pensiya tayinlaş va tölaş tartibini takomillaştiriş böyiça takliflarni kiritadi.

















