«Sifatsiz internet, yakuniy va kiriş imtihonlari taqdiri hamda keçikkan stipendiya» - OTV mutasaddilari bilan suhbat
|22:20 / 18.04.202045 8727 min
Onlayn darslarda qatnaşolmagan yoki uni özlaştirolmagan talabalar kursdan-kursga qoldirilişi yoki talabalar safidan çetlaştirilişi mumkin emas. Talabalarga karantin muddati tugaşiga qarab fanlarni özlaştirişga qayta imkoniyat beriladi.
Karantin tartibi davom etar ekan, Kun.uz saytiga oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalardan turli savollar kelib tuşmoqda.
Kun.uz muxbiri Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari Sarvar Buzrukxonov va boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov bilan onlayn tarzda suhbat taşkil qildi hamda uşbu savollarga javob oldi.
— Ayrim talabalar karantin munosabati bilan öqiş şartnoma pulini tölaş muddati uzaytirilgani borasida savol berişmoqda.
Haqiqatdan ham bu muddat uzaytirilganmi va agar uzaytirilgan bölsa, u kimlar uçun?
Sarvar Buzrukxonov: Talabalar pandemiya sababli karantinga çiqqan vaqtida şartnoma pullarini tölaş muddatini uzaytiriş böyiça vakolat rektorlarning öziga berilgan.
Talaba karantin vaqtida talabalar safidan çiqarilmaydi.
Şu bilan birga OTM talabalarga şartnoma pullarini onlayn tarzda tölaş imkoniyatini ham yaratib beryapti.
Biz talabalarni birinçi kursga qabul qilişda şartnoma pulining birinçi yarim yillik tölovi muddatini davlat komissiyasi orqali belgilab berdik va uning oxirgi muddati 20 mart qilib belgilangan edi.
Bu faqat birinçi kurslar uçun.
—Karantin munosabati bilan ötilayotgan onlayn darslarni özlaştirişdan köpçilik talabalar internet sifati pastligi tufayli çetda qolmoqda.
Onlayn darslarni özlaştirolmagan talabalar taqdiri nima böladi, ularga qandaydir jazo qöllanilişi mumkinmi?
Abduvali Xoliqov: Biz masofaviy ta'limga ötişda barça şaroitlarni hisobga olganmiz.
Bu hali yangi tizim va yangi tizimga ötişda qandaydir nuqtalarda muammolar bölişi tabiiy holat.
Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida masofaviy ta'lim olişga imkoniyati bor va yöq talabalar röyxati tuzilmoqda.
Mavzuga oid
Masofaviy ta'lim olişga imkoniyati yöq talabalarga qayta imkoniyat beriladi.
Uşbu darslarda qatnaşolmagan yoki uni özlaştirolmagan talabalar kursdan-kursga qoldirilişi yoki talabalar safidan çetlaştirilişi mumkin emas.
Talabalarga karantin muddati tugaşiga qarab öquv yili oxirida yoki yozgi muddatda grafik asosida fanlarni özlaştirişga imkoniyat beriladi.
— Karantin tartibi davom etgan taqdirda talabalarni bitiruv malakaviy işini topşirişi qanday tartibda amalga oşiriladi?
Abduvali Xoliqov: Bizda yakuniy davlat attestatsiyalarini ötkaziş böyiça me'yoriy hujjat bor. Unda bakalavr bosqiçini bitirayotgan talabalarning bitiruv malakaviy işi qilişga majbur emasligi belgilangan.
Ular davlat imtihonlarini topşiriş orqali ham bitirişlari mumkin.
Biz şu tartibdan kelib çiqqan holda,ta'lim muassasalariga talabalardan bitiruv malakaviy işi örniga mutaxassislik fanlardan onlayn test şaklida yakuniy davlat imtihonlarini oliş böyiça ham topşiriq berganmiz.
Talaba karantin muddati tugagaç yakuniy bitiruv malakaviy işi yoki imtihonni topşirişi mumkin.
— Abituriyentlar uçun davlat imtihonlari yaqinlaşmoqda. Bu jarayon qanday amalga oşiriladi, agar karantin muddati uzayadigan bölsa?
Abduvali Xoliqov: Bu masalada siyosatni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi belgilaydi.
Bugungi kunda bu masala Xalq, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirliklari hamda Davlat test markazi tomonidan muhokama qilinmoqda va tez kunlarda unga oydinlik kiritiladi.
Abduvali Xoliqov
— Bir muddat avval öqituvçilarga ham xizmat ta'tili berilgan edi va bu muddat tugab bormoqda.Ayting-çi, ta'til muddati tugagan öqituvçilar iş jarayoniga qaytariladimi yoki ta'til uzaytiriladimi?
Abduvali Xoliqov: Öqituvçilarda öquv yili davomida ikki oylik mehnat ta'tili oliş imkoniyati bor. 24 kunlik birinçi ta'til muddati yakunlanib bormoqda.
Masofaviy ta'lim joriy qilingani uçun endilikda professor, öqituvçilar işga qaytadi va uyda ötirgan holda masofaviy ta'lim berişni boşlaydi.
Öqituvçilar ta'tilning ikkinçi ta'til muddatini yozda olişlari mumkin.
— Oliy ta'lim tizimida mustaqil topşiriqlar: referat, taqdimot, boşqalarni nega faqatgina elektron şaklda qabul qiliş mumkin emas? Bu ortiqça qoğoz sarfiga sabab böladi.
Topşiriqlar almaşinuvini oddiy elektron poçta orqali qilsa ham böladi-ku.
Abduvali Xoliqov: Bugungi kunda Oliy ta'lim muassasalarida bunday tekşiruvlar qisqartirilgan.
Bu davlat dasturida ham Oliy ta'lim töğrisidagi konsepsiyada ham belgilangan.
Bu kabi masalalarda ta'lim muassasalarini öziga erkinlik berilgan. Hattoki, bu yildan boşlab magistrlik dissertatsiyalari ham elektron şaklda taqdim etiladi. Bunda ilmiy rahbar öz taqrizlarini ham elekton şaklda taqdim etadi.
Tan oliş kerak har bir tizimda yangiliklarga moslaşa olmaydigan insonlar bor va şu jumladan, bizning tizimda ham.
Hozirgi holatda topşiriqlarni qoğoz variantda söraş mantiqsiz va aqlsiz iş.
— Talabalar masofadan öqişga ötgani munosabati bilan OTM öqiş xarajatlari ham kamaygan bölsa kerak. Şunga mos ravişda, tölov kontrakt summasi özgaradimi?
Sarvar Buzrukxonov: Talabalarni öqitiş xarajatlari deyarli özgargani yöq. Çunki bizda masofaviy ta'lim keng joriy qilindi va unga 300 mingdan ortiq talaba jalb qilingan.
Bu yangi tizim va u xarajatlarni ham talab qiladi. Şuningdek, öqituvçilarning iş haqi va talabaning stipendiya xarajatlari bor.
Bu yerda bir narsani oçiq aytişim kerak, talabalar ikki oy universitetda bölmagani uçun kommunal xarajatlar kamayadi, lekin bu talabalarni öqitiş qiymatini kamaytirişga asos bölmaydi.
Avval ham aytilganidek, talabani öqitiş qiymati bizda öqitiş xarajatidan kam.
— Oxirgi vaqtlarda talabalarning stipendiyalari va öqituvçilarning iş haqi öz vaqtida tölab berilmayotgani borasida e'tirozli fikrlarni eşitib qolyapmiz. Haqiqatda şunday holat bormi va bunga nima sabab bölmoqda?
Sarvar Buzrukxonov: Biz karantin davrida stipendiya tölanişi lozim bölgan talabalarga stipendiya tölab kelyapmiz. Masalan, mart oyi stipendiyalari yoppasiga tölandi. Aprel oyi stipendiyalarini tölaş 15 apreldan boşlandi va u ham deyarli yakunlandi.
Öqituvçilarning oyliklari masalasida, ularga mart oyi iş haqlari 31 mart kuniga qadar tölab berilgan. Hozir ularga aprel oyi avanslari tölanyapti.
Agar individual tartibda kimgadir stipendiya va iş haqlari tölanmay qolgan bölsa bu masalalar körib çiqiladi.