Iqtisodiyot | 22:01 / 08.09.2022
54862
1 daqiqa o‘qiladi

“Tashabbusli budjet” loyihasidagi ovozlar tekshirib chiqiladi

Fuqarolar tomonidan “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida ayrim loyihalar qisqa muddat ichida minglab ovozlar to‘playotgani yuzasidan e’tirozlar bildirilmoqda. 

Moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” jarayonida ovozlar shubhali to‘plangan deb topilgan loyihalar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida ayrim loyihalar qisqa muddat ichida minglab ovozlar to‘playotganligi yuzasidan e’tirozlar bildirilmoqda. 

Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shubhali to‘plangan ovozlar deb topilgan loyihalar bo‘yicha Moliya vazirligi tomonidan ushbu murojaatlarning haqqoniyligi yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi.

O‘rganishlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ovoz berish jarayoni muddati tugagach, barcha ovozlar qayta tekshirib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, ovoz berish jarayonlari 17 sentabrga qadar davom etadi.

Mavzuga oid