Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati uzaytiriladi
Foto: Kun.uz
Prezident farmoni bilan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
2023 yil 1 iyuldan:
- barcha davlat organlari va tashkilotlarida “Aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oshirish” chora-tadbirlari belgilanadi;
- DXM orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 300 taga, YaIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni esa 570 taga yetkaziladi;
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlari doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi;
- elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari proaktiv tarzda (fuqaro murojaatini kutmasdan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning o‘z tashabbusi bilan) ko‘rsatiladi.
2023 yil 1 sentabrdan aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratish bilan bog‘liq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga o‘tkaziladi.
2024 yil 1 yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.
2023 yil 1 apreldan nogironlik idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.
Dasturga ko‘ra, 2023 yilda:
- “Yangi O‘zbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari 90 mingga yetkaziladi;
- aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali mulk huquqi asosida Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida “Mening birinchi uyim” dasturi ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
13:47 / 31.12.2025
Har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar xorijdagi nufuzli oliygohlarga yuboriladi
11:18 / 31.12.2025
Profilaktika kuchaytiriladi: yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta aniqlanadi
11:14 / 31.12.2025