Sönggi vaqtlarda Toşkent şahrida joriy etilayotgan dizayn-kod va taşqi reklama talablari tadbirkorlar örtasida keng muhokamalarga sabab bölmoqda. Peşlavhalarni yagona standartga moslaştiriş, ularni qayta özgartiriş yoki olib taşlaş talablari bir qaraşda şahar muhitini tartibga solişga qaratilgandek körinadi. Biroq amaliyotda bu jarayon köplab tadbirkorlar uçun qöşimça xarajatlar, noaniqlik va huquqiy savollarni keltirib çiqarmoqda.

Mazkur holatni faqat ma’muriy yoki texnik masala sifatida baholaş yetarli emas. Aslida, bu jarayon davlat tomonidan iqtisodiy faoliyatni tartibga soliş çegaralari, mulk huquqining himoyasi hamda tadbirkorlik erkinligining amaliy ta’minlanişi bilan bevosita boğliq.

“Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) asarida Daron Ajyemöğli va Jyeyms A.Robinson davlatlarning rivojlanişi yoki tanazzulini aynan institutlar sifati bilan izohlaydi. Ularning ta’kidlaşiça, iqtisodiy ösiş inklyuziv institutlar, ya’ni aniq, barqaror va barça iştirokçilar uçun teng qoidalar mavjud bölgan tizimlarda yuz beradi. Aksinça, noaniq va haddan taşqari aralaşuvga asoslangan institutlar iqtisodiy faoliyatni çeklab, rivojlanişga tösqinlik qiladi.

Şu nuqtayi nazardan qaraganda, taşqi reklama va dizayn-kod bilan boğliq amaliyot oddiy estetik tartib emas, balki institutlarning real işlaşini aks ettiruvçi holat sifatida namoyon böladi. Demak, asosiy savol quyidagiça qöyilişi mumkin:

Davlat tomonidan joriy etilayotgan bunday tartiblar tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlayaptimi yoki aksinça, uni çeklovçi omilga aylanyaptimi?

Mazkur maqolada uşbu masala institutlar nazariyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi hamda amaldagi tartiblarning huquqiy va iqtisodiy oqibatlari yoritib beriladi.

Dizayn-kod va 428-son qarorning huquqiy mazmuni

Toşkent şahrida joriy etilayotgan dizayn-kod talablari Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 31 avgustdagi 428-son qarori bilan boğliq. Bu hujjat taşqi reklama va axborot obektlarini joylaştiriş sohasini tizimli tartibga solişga qaratilgan.