O‘zbekiston | 12:58 / 05.07.2023
8367
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdan Yangi Toshkentga qadar yerusti metrosi yoki tramvay liniyasi tortiladi
Toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev poytaxtda ekologik barqarorlikni ta’minlash, uni toza havoli va xavfsiz megapolislardan biriga aylantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi.
Nomzodga ko‘ra, 2030 yilga qadar:
- havoga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini 150 ming tonna yoki 50 foizga qisqartirish;
- qo‘shimcha 1 ming 200 ta elektrobus olib kelinadi va ularning jamoat transportidagi ulushi 50 foizga yetkaziladi;
- qolgan avtobuslar zararli chiqindisi 3 barobar kam bo‘lgan tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkaziladi, ya’ni dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi.
Yo‘l-transport boshqaruvini raqamlashtirish hisobiga “xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili ham joriy qilinadi. Bunda ilg‘or xorijiy tajriba asosida tirbandlikni kamaytirish maqsadida:
- barcha chorrahalarda (605 ta) “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimi amalga kiritiladi (hozir – 64 ta);
- shaharga 5 ta kirish joyida va yo‘lovchi oqimi yuqori bo‘lgan 6 ta metro bekati atrofida ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil qilinadi;
- tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalarda 12 ta yo‘l o‘tkazgich quriladi, yo‘llar bo‘yida 3 ming o‘ringa ega zamonaviy parkomatlar o‘rnatiladi.
“Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida, Do‘stlik metro bekatidan “Yangi Toshkent”ga qadar uzunligi 15 kilometr bo‘lgan, 115 ming yo‘lovchi tashish quvvatiga ega yerusti metro yoki tramvay liniyasi tortiladi”, dedi nomzod.
Mavzuga oid
13:42
Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024