Diana Yenikeyeva işi böyiça sud jarayoni yakunlandi. Özbekiston Respublikasi Oliy sudi axborot xizmatining Kun.uz saytiga bergan xabariga köra, mazkur holat yuzasidan tegişli sud jarayonlari öz yakuniga yetgan va aybdor deya topilgan mansabdor şaxslar hamda «Kamaz» haydovçisi tegişli javobgarlikka tortilgan.
Ma'lum qilinişiça, Samarqand viloyat sudining 2018 yil 10 maydagi hukmiga köra, Kattaqörğon tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Musoxon Najmitdinoviç Muzaffarov hamda Kattaqörğon tuman xalq ta'limi bölimi mudiri Alişer Saloxiddinoviç Jumanazarov Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi böyiça (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) aybdor deb topilgan.
Aybdor deya topilgan ikkala mansabdor şaxsga ham Jinoyat kodeksi 45-moddasini qöllab, 1 (bir) yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda iş haqining 20 foizini davlat foydasiga uşlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.
Jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon tuman sudining 2018 yil 1 maydagi hukmiga köra, davlat raqam belgisi 30Y275JA bölgan «Kamaz» rusumli yuk avtomaşina haydovçisi Akromjon Bozoroviç Elmurodovga Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga asosan 3 (uç) yil muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinib, 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Şuningdek, jabrlanuvçi A.Yenikeyev (Diananing otasi – tah.) tomonidan kiritilgan da'vo arizasi qisman qanoatlantirilib, A.Elmurodov hisobidan jabrlanuvçi A.Yenikeyev foydasiga 19 mln 782 ming 500 söm moddiy hamda 25 mln söm miqdorida ma'naviy zararlar undiriş belgilangan.
Sudning hukmiga köra, jinoyat işining Samarqand viloyat IIB IQXB xodimlariga oid qismi alohida ajrim bilan material tariqasida ajratilib, tuman prokuraturasiga yuborilişi belgilangan.
Sud hukmlarida aybdor deya topilgan şaxslarning harakatlari batafsil bayon qilingan. Xususan, Musoxon Muzaffarov 2017 yil 18 mart kunidan 2018 yil 6 aprel kuniga qadar Kattaqörğon tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelib, hokimiyat vakili sifatida taşkiliy-boşqaruv vazifalarini amalga oşiradigan mansabdor şaxs böla turib, öziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan çetga çiqib, 2018 yil 13 va 14 mart kunlari Kattaqörğon tuman hokimiyati binosida tuman xalq ta'limi bölimi mudiri Alişer Jumanazarovga tumanda faoliyat olib boruvçi 98ta maktab va 12ta kasb-hunar kolleji direktorlariga ular rahbarlik qiluvçi öquv muassasalarining öqituvçi va texnik xodimlarini Kattaqörğon tumanining «Alijon», «Olmazor», «Navbahor», «Zarqörğon», «Zarafşon», «Qoradaryo», «Yakkaboğ» mahallalari hududidan ötuvçi, jami uzunligi 14 km bölgan M-37 «Samarqand-Buxoro-Turkmanboşi» avtomobil yölining qatnov qismi va atroflarida obodonlaştiriş işlarini bajarişga jalb qiliş, har bir maktab va kollejga hududlarni taqsimlab beriş, avtomobil yölining çetlarini begona ötlardan tozalaş, daraxtlarni va yölning qatnov qismini ikkiga böluvçi beton tösiqlarni oqlaş haqida öquv muassasalarining mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan işlarga jalb qilgan.

















