«Buxoro davlat universiteti jamoasi jamiyatda öqituvçi kasbining ijtimoiy mavqeyini kötariş, fan va ta'limni har tomonlama rivojlantiriş borasida davlatimizda olib borilayotgan siyosatni har tomonlama qöllab-quvvatlaydi va qadrlaydi», deb boşlanadi Kun.uz'ga taqdim etilgan munosabat matnida.

«Hozirgi vaqtda universitetga yangi işga qabul qilinayotgan barça talabgorlar orasidan eng munosib, halol va kasbiga sadoqatlilarni saralab oliş maqsadida jamoatçilik kengaşi öz faoliyatini olib bormoqda. Talabalar bilimini baholaşda inson omilini keskin qisqartiriş, baholaş jarayonining şaffofligini ta'minlaş maqsadida yakuniy nazoratlarni kompyuterda test şaklida oliş amaliyoti yölga qöyilgan.

Universitet rahbariyati va talabalar örtasidagi bevosita muloqotni faollaştiriş uçun haftada ikki marotaba rektor tomonidan qabul kunlari taşkil qilingan. Şu bilan birga, talabalar sonining köpligini inobatga olgan holda rektorning Telegramda murojaatlar boti, korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi «anticorbot» Telegram botlari faoliyat yuritmoqda. Talabalardan kelib tuşgan murojaatlar asosida birgina fevral-mart oyida 2 nafar öqituvçiga intizomiy jazo çoralari qöllanilib, fakultetlardagi ijtimoiy-ma'naviy muhit muntazam tahlil qilib kelinmoqda», deyiladi munosabatda.

Qöşimça qilinişiça, avval bloger Umid Ğofurovning Telegram kanali va söngra Kun.uz saytida e'lon qilingan xabar yuzasidan öşa kunning özida universitet rektorining buyruği qabul qilinib, işçi guruh tuzilgan.

«Işçi guruh a'zolari tomonidan bugungi kunda örganiş işlari olib borilmoqda. Xususan talabalar örtasida sörovnomalar olinib, fakultetda bu yönalişda amalga oşirilgan çoralar çuqur tahlil qilinmoqda. Örganiş natijalari böyiça öqituvçi va mas'ul bölgan xodimlarning xatti-harakatiga albatta qonun doirasida huquqiy baho beriladi. Buxoro davlat universiteti rahbariyati mazkur holat haqida xabar bergan talabalarga öz minnatdorçiligini bildiradi va keyingi davrda ham mazkur masalalar böyiça hamkorlik qilişga tayyor ekanligini ta'kidlaydi», deyiladi munosabatda.

Eslatib ötamiz, Buxoro davlat universitetining Maktabgaça va boşlanğiç ta'lim fakulteti talabalari öz guruh rahbarlari (kuratori)ga 8 mart munosabati bilan guldasta va 200 ming söm pul sovğa qilgan. Uşbu sovğani past qiymatli deya baholagan öqituvçi talabasiga Telegram orqali tahdidli gaplar yozib, sovğani qaytarib berişini aytgan.

Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, talabaga arzon sovğa bergani uçun pöpisa qilgan va özining «qişloqi emasligini eslatgan» 40 yoşli öqituvçining mutaxassisligi – fizika-matematika. Bu öqituvçi rus va ingliz tillarida gaplaşa olişi ma'lum.