Buxoro davlat universitetining Maktabgaça va boşlanğiç ta'lim fakulteti talabalari öz guruh rahbarlari (kuratori)ga 8 mart munosabati bilan guldasta va 200 ming söm pul sovğa qilgan. Uşbu sovğani past qiymatli deya baholagan öqituvçi talabasiga messenjer orqali tahdidli gaplar yozib, sovğani qaytarib berişini aytgan. Bu haqda bloger Umid Ğofurov öz telegram kanalida ma'lum qildi.
Xabarda öqituvçining Telegram orqali talabaga yozgan xabarlarining surati ham keltirilgan.

«Eşitib ol, ertaga kafedraga kelib, 200 ming söm pulingni olib ket. Men mayda-çuydani deb obröyimni yerga urmayman. Aniq ustimdan kulgansanlar. Agar guldasta 100 ming tursa, demak jami 300 ming yiğgansanlar. 300 mingni 23 ga bölsa, 13 mingdan töğri keladi. Men sizlarga nima bersa xursand bölib ketadigan göl yoki qişloqimanmi? Hoziroq manzilingni ayt, [sovğani] özim olib borib, qölingga topşiraman. 200 ming emas, 300 ming söm. Yoki karta raqamingni ayt, pul ötkazaman. Endi hammasi boşqaça böladi», deb yakunlagan öqituvçi dağdağasini özi rahbarlik qiladigan guruh talabasiga.
Talabalardan biri bu yozişmani skrinşot qilib, internetga çiqargan. Şu sabab öqituvçi talabalarni qörqitib, yakuniy imtihonda köramiz, deb pöpisa qilgan.
«E'tibor bering, bu maktabgaça va boşlanğiç ta'lim fakultetidagi holat. Ya'ni, şu ayol bölajak öqituvçi tayyorlaydi. Oliy ta'lim vazirligidan uşbu muammoga e'tibor berişni iltimos qilaman. Öqituvçining ismi va boşqa (qayğuli) tafsilotlarni vazirlik vakillariga aytib berişim mumkin. Menimça, bunday odamlar bölajak öqituvçilarni tayyorlamasligi kerak. Boşqa talabalar şunga öxşaş holatlarga uçrasa, menga xabar berişlari mumkin. Ta'lim tizimini birgalikda davolaşimiz kerak» – deb yozgan post yakunida bloger.
Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, Buxoro davlat universitetida ayni masala yuzasidan yiğiliş bölib ötmoqda.
BuxDUning «arzon sovğa bergan» talabaga pöpisa qilgan öqituvçisi işdan böşatildi

















