Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi omborxonada sodir bo‘lgan yong‘in 7 soat ichida bartaraf etildi
Yashnobod tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Foto: Kun.uz
Kecha, 18 mart kuni soat 20:45 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi "Oriyent logistik sentr" qo‘shma korxonasi hududida joylashgan motor moyi mahsulotlari (bochkalarda) omborida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnikalar voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:49 da qurshab olingan va 19 mart, soat 03:30 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 2000 kvadrat metr maydonida moy mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
09:31 / 05.01.2026