Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari rossiyalik shaxsni Skripal ishiga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

U Londonga Moskvadan Yuliya Skripal bilan bitta reysda kelgan. Rossiyalik shaxs o‘z vataniga oradan bir necha soat o‘tib qaytib ketgani aytilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, u rasman gumonlanuvchi emas, biroq uning xatti-harakatlari «shubhali».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dog‘istonlik sobiq amaldor Skripalning zaharlanishi uchun javob berishga tayyor ekani xabar berilgandi.