Özbekiston hukumati Germaniyaga Toşkentda birgalikda taşqi savdo palatasi tuzişni taklif qildi. Bu haqda bugun boş vazir Abdulla Aripov ma'lum qildi.

«Germaniyalik hamkorlarimizga Toşkentda nemis-özbek taşqi savdo palatasini taşkil etiş imkoniyatini körib çiqişni taklif etamiz. Ehtimol, u Germaniya-Özbekiston işbilarmon doiralari kengaşi huzurida bölar», - dedi Aripov Germaniya işbilarmonlari oldida çiqiş qilib.
 
«Biz köproq real hamkorlikka ötişimiz kerak», - deya ta'kidlab ötdi boş vazir.
 
Uning sözlariga köra, Özbekiston iqtisodiyotida amalga oşirilayotgan islohotlar Özbekiston-Germaniya iqtisodiy hamkorligini çuqurlaştiriş uçun mustahkam asos yaratadi.

Eslatib ötamiz, şu kunlarda Özbekistonga Germaniya işbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng köp sonli delegatsiyasi taşrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, şuningdek, kiçik va örta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor.

Bugun Toşkentda Germaniya-Özbekiston işbilarmonlar kengaşining 4-yiğilişi ham yakunlandi.