Avtomobil boşqarişda qöşimça qulayliklar yaratişga oid prezident qarori qabul qilindi.
Unga köra, 2022 yil 1 sentabrdan avtotransportni boşqariş uçun işonçnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylaştiriş yölga qöyiladi.
Elektron işonçnomani notarial tasdiqlaş talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekşiriladi.
Elektron işonçnoma uçun davlat boji işonçnomani notarial tasdiqlaş uçun belgilangan davlat boji (BHMning 3 baravari – 900 ming söm)ga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
- bir oygaça bölgan muddatga – 10 foiz (90 ming söm);
- olti oygaça bölgan muddatga – 50 foiz (450 ming söm);
- uç yilgaça bölgan muddatga – 100 foiz (900 ming söm).
Yuridik şaxslar haydovçilarining 2 yilda 1 marta majburiy malakasini oşiriş talabi bekor qilindi.
Bundan taşqari, 2022 yil 1 sentabrdan fuqarolar va yölovçi taşiş litsenziyasiga ega yuridik şaxslar örtasidagi transport ijarasi şartnomalarini notarial tasdiqlaş talab qilinmaydi. Bunda mazkur şartnomalar soliq organlarida elektron hisobga olinadi.
Avvalroq xabar qilinganidek, mazkur qaror bilan 1 sentabrdan boşlab taksiçilar özini özi band qilgan şaxslar toifasiga kiritildi.

















