Favqulodda holat deganda davlatning butun hududida yoki uning alohida hududlarida barça taşkilotlar uçun alohida huquqiy rejim bölib, mamlakatda yaşab turgan barça şaxslar huquq va erkinliklarini, jamoat birlaşmalarining huquqlarini çeklaşga, şuningdek, ularga qöşimça majburiyatlar yuklaş kabi çoralar belgilanişi mumkin bölgan, fuqarolarning hayoti va xavfsizligiga yoki davlatning konstitutsion tuzumiga bevosita tahdid soladigan, favqulodda çoralarsiz ularni bartaraf etiş mumkin bölmagan holatlar majmui tuşuniladi.

Favqulodda holat e'lon qilinişida muayyan xavfga qarşi kuraşuvçi hukumatning tezkor qaror qabul qiliş imkoniyati oşadi, maqsadga erişişi osonlaşadi. Masalan, tahdid va xavfga qarşi kuraşda moliya-budjet yuritiş işida mustaqillik qölga kiritiladi. Bundan taşqari, mavjud qonunçilik normalarini çeklab, vaqtinça tartiblar örnatilişi mumkin.

Birinçidan, virus xavfini bartaraf etiş uçun mavjud resurs va texnikalarni safarbar etişdagi byurokratiya çetlab ötiladi. Masalan, budjet pullari allaqaçon tasdiqlangan, şuningdek "içki çöntakdagi" jamğarma pullaridan ham turli maqsadlarda foydalaniş imkoniyati keng emas. Favqulodda holat e'lon qilingan taqdirda, hukumatning budjet va boşqa moliyaviy manbalarni boşqariş erkinligi oşadi. Qolaversa, mavjud texnika va işçi kuçini safarbar etişda idoralararo byurokratiya çetlab ötiladi.

Ikkinçidan, virus xavfi keng tarqalib, avj olsa, davlat tomonidan fuqarolar şaxsiy huquq va erkinliklari çeklanişi kuzatiladi. Bunda aholi jamoat joyida bemaqsad bölgani, karantin tadbirlari tartibini buzgani uçun jazolanişi mumkin. Boşqa nigohdan baho berilsa, qonunlarda belgilangan normalar ham buziladi: inson huquq va erkinliklari poymol etilişi mumkin. Şuning uçun, favqulodda holat e'lon qilinişi bilan davlat va jamiyatda "qöl boşqaruvi"ga ötiş zarur. Bunda parlament qöllab-quvvatlovi talab etilmaydi va hukumat maxsus komissiyasi paydo bölgan xavf davri uçun vaqtinça dekretlar qabul qiladi. Şu paytga qadar örnatilgan tartib va qonunlar maxsus komissiya dekretlari bilan vaqtinça amal qilmasligi yoxud özgartirilişi mumkin.

Uçinçidan, qabul qilingan xalqaro norma va rivojlangan ayrim davlatlar tajribasida mamlakat harbiylari, xususan armiya kuçlaridan içki işlarda foydalaniş taqiqlangan. Şunga qaramay, favqulodda holat e'lon qilingan taqdirda hukumat armiya kuçlarini ham mahalliy hokimlik va idoralarga kömak beriş uçun safarbar etişi mumkin.