Elektr transport vositalaridan foydalaniş jadal sur’atlar bilan ösib bormoqda. Talab ortib borayotgani sabab, köplab avtokompaniyalar özlarining EV modellarini işlab çiqaradilar. Biroq 2009 yilda tabiiy energiyadan foydalanib maşina boşqariş mumkinligi köpçilikning xayoliga kelmagan.
Ammo matematika öqituvçisi Bilol Ahmad öşa paytda EV yasaşni öylagandi. Deyarli 13 yillik maşaqqatli mehnatdan söng Bilol öz uyida quyoşdan quvvat olib işlaydigan maşina yasadi.
Bu quyoş avtomobili har jihatdan zamonaviy. Barça turdagi eng sönggi gadjetlar bilan jihozlangan va töliq avtomatlaştirilgan. Hatto maşinasining eşiklari Transformerlar filmidagi kabi uzoqdan oçiladi.
U 1998 yilda işlab çiqarilgan Nissan Misra avtomobilining asosiy modelini elektromobilga aylantirgan. “Menga uşbu maşinaning dizayni yoqdi va bu loyiha uçun eng zör maşina ekanini his qildim. Ammo bu maşinada dvigatelni vitesga ulaş men duç kelgan eng qiyin muammolardan biri edi. Keyinçalik men unga quyoş panellarini örnatdim”, deydi Bilol.
Maşinaning deyarli butun taşqi qismi qora rangdagi quyoş panellari bilan qoplangan. Avtomobilning bu quyoş panellari har qanday yönalişda aylanişi mumkin va bu narsa avtomobilni yanada öziga xos qiladi. Maşina yuqori kilovattli dvigatel bilan işlaydi va yölda oddiy maşina kabi harakat qiladi. Uşbu quyoş avtomobilida beş kişi bemalol ötirişi mumkin.
Bilol maşinaga zaryadlanuvçi akkumulyatorni ham örnatgan, şuning uçun uni istalgan zaryadlovçi stansiyada quvvatlantiriş oson.
Bilolning aytişiça, avtomobilning quyoş panellari avtomatik ravişda quyoş nuri köproq tuşadigan tomonga aylanadi. Bu xususiyat qişda bulutli bölgan Kaşmir kabi joylarda katta ahamiyatga ega. Oddiy quyoş panellari odatda bunday ob-havoda 20 foizdan 30 foizgaça kamroq işlaydi. Şuning uçun u monokristalli quyoş panellaridan foydalangan, maşina hatto kam quyoş nurida ham yaxşi işlaydi.
Bilolning sözlariga köra, uning maşinasi bugungi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Şunga qaramay, uning narxi bozorda mavjud elektromobildan ança past. Bilolning aytişiça, agar maşina köp miqdorda işlab çiqarilsa, uning narxi atigi 6-8 million atrofida böladi. Biroq bu maşinani yasaş uçun Bilol 15 million sarfladi. Bunga uning yillar davomida köplab tajribalar qilgani sabab bölgan.
Avtomobil işlab çiqarişdan oldin, 2009 yilda Bilol Ahmad LPG boşqaruv xavfsizlik moslamasini işlab çiqdi va patentladi. Agar kimdir gaz regulyatorini öçirişni unutib qöysa, Bilolning LPG boşqaruv moslamasi gazni öçiradi. Qurilmani istalgan joydan telefon orqali masofadan turib boşqariş mumkin.



















