O‘zbekiston | 07:55 / 14.11.2018
21745
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ni bir nechta kompaniyalarga bo‘lib yuborish taklif etilmoqda

Foto: KUN.UZ

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasini qayta tuzishni taklif etmoqda, bu haqda 2025 yilgacha turizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida aytiladi.

Aviatashuvchini aviatsiya, aeroportlar boshqaruvi va aviatsiyani tartibga solish organni ajratib turuvchi bir nechta raqobatlashuvchi kompaniyalarga ajratish taklif qilinmoqda.

Milliy aviakompaniyaning raqobatbardoshligini, jumladan, servis, bortda turli tillardagi multimedia xizmatlar sifati va miqdorini yaxshilash, yanada moslashuvchan narx siyosati, onlayn bron qilish xizmatlaridan foydalanish va aviachiptalar sotib olishni kengaytirish yo‘li bilan oshirish rejalashtirilmoqda.

Hujjatda, shuningdek, respublikaning ayrim xalqaro aeroportlari hududida «Ochiq osmon» rejimini loukoster-aviakompaniyalarni jalb etgan holda tatbiq etish yo‘li bilan mamlakat mintaqalariga/mintaqalaridan muntazam reyslarni amalga oshiradigan xorijiy aviakompaniyalar sonini ko‘paytirish nazarda tutilgan.

Mavzuga oid