Endi sotib oliş mumkin bölgan eng arzon avtomobil - 420 million sömlik Malibu XL, deb yozadi “Avtostrada”.

UzAuto Motors avtosalonlarida Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uçun şartnomalar beriş töxtatilgan. Şuningdek, hozirgi vaqtda veb-sayt orqali onlayn şartnoma tuziş imkoniyati ham yöq. 

Xabarga köra, avtosalonlar va UzAuto Motors işonç raqami xodimlari şartnoma beriş qaçon tiklanişini tuşuntirib bera olmagan. 

Naşrning yozişiça, odatda, şartnoma berişning töxtatilişi inventarizatsiya va keyinçalik narxlarning oşişi bilan boğliq. Jumladan, oxirgi 5 yil içida UzAuto Motors turli bahonalar bilan narxlarni oşirişdan avval avtomobillar savdosini töxtatgan edi. 2020, 2021 va 2022 yillarda sotuvlar mart oyida qayta tiklangan. 

Sönggi marta Tracker narxi 2023 yil yanvarida oşgan, Onix narxi esa 2022 yil dekabr oyi oxirida e’lon qilingan edi.