Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mart oyidan O‘zbekistonda yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlar boshlanishi kerak
2023 yil 1 martdan hududlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘lash maqsadida yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar boshlanishi kerak.
Foto: Kun.uz
Bu “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2023 yil martdan quyidagi yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlar boshlanishi ko‘zda tutilgan:
- Samarqand — Nukus;
- Samarqand — Mo‘ynoq;
- Samarqand — Termiz;
- Buxoro — Termiz;
- Namangan — Termiz;
- Namangan — Nukus.
Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
Aviaqatnovlar jadvalini yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan temiryo‘l, avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid
08:54 / 31.03.2026
Toshkent va Shanhay o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
18:55 / 26.03.2026
Toshkent-Maskat yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
21:23 / 10.03.2026
Umra safarlari qayta yo‘lga qo‘yilmoqda
10:01 / 07.03.2026