Qotil yollash ham qotillik: Navoiyda qaynakasini o‘ldirish uchun “killer” yollagan shaxs 15 yilga qamaldi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda jabrlanuvchining o‘ldirilganlik holati sahnalashtirilib, fotosuratlari buyurtmachiga taqdim qilingan. Qaynakasining o‘lganiga ishongan buyurtmachi “killer”ga kelishilgan pulni berayotganda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Foto: "Bir jinoyat izidan"
Navoiy tibbiyot texnikumi direktori lavozimida ishlab kelgan A’zamjon Mustafoyev turmush o‘rtog‘ining akasini o‘ldirish uchun qotil yollagan. Bu haqda “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Navoiy viloyati sudi axborot xizmatining Kun.uz’ga ochiqlashicha, 2022 yilning mart oyida sodir etilgan mazkur jinoyat sudda ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmida keltirilishicha, A’zamjon Mustafoyev va uning qaynakasi Abror Tursunov o‘rtasida oldindan pul va yer bilan bog‘liq kelishmovchilik bo‘lgan.
Fuqaro Abror Tursunovga tegishli, Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi “Abrorbek porloq kelajagi” fermer xo‘jaligi yerlari 2018 yil mart oyida hokim qarori bilan hokimlik zaxirasiga qaytarib olinadi. So‘ngra tender o‘tkazilib, ekin maydonlari A’zamjon Mustafoyevning otasiga tegishli “Namunaning zarli dalasi” fermer xo‘jaligiga beriladi. Bundan norozi bo‘lgan Abror Tursunov ekin yerlarini qaytarib olish maqsadida tuman hokimining qarorini haqiqiy emas, deb topish yuzasidan yuqori turuvchi idoralarga murojaat qila boshlagan.
Shu va boshqa sabablar tufayli A’zamjon Mustafoyev qaynakasi Abror Tursunovni qasddan o‘ldirish uchun reja tuzgan. Buning uchun u o‘zidan 3 ming AQSh dollari qarz olgan tanishidan foydalanadi: unga agar “killer” topib, Abror Tursunovni o‘ldirsa, qarzidan voz kechishini hamda yana 7 ming AQSh dollari berishini aytadi. Shifokor “ish” 15 mart kuniga qadar bajarilishi kerakligini ta’kidlaydi. Sababi, 15-16 mart kunlari “yer mojarosi” bo‘yicha o‘tkaziladigan navbatdagi sud majlisida Abror Tursunov ishtirok etmasligi kerak edi.
A’zamjon Mustafoyev hammasi pulning kuchi bilan xamirdan qil sug‘urgandek oson bitadi, deb o‘ylagandi. Ammo unday bo‘lmadi: “yollangan killer” shifokorga chora ko‘rishni so‘rab, prokuraturaga ariza bilan murojaat qiladi. Uning arizasi asosida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkaziladi. Avvaliga jabrlanuvchi Abror Tursunov cho‘l hududiga olib chiqilib, uning o‘ldirilganlik holati sahnalashtiriladi va suratga olinadi. So‘ngra suratlar buyurtmachi A’zamjon Mustafoyevga taqdim qilish uchun beriladi.
2022 yil 13 mart kuni A’zamjon Mustafoyev Narpay tumani Mirbozor qo‘rg‘oni hududida “qotillik” uchun kelishilgan pulni bergan vaqtida qo‘lga olinadi.
JIB Xatirchi tumani sudining 2022 yil 19 avgustdagi hukmi bilan A’zamjon Mustafoyev Jinoyat kodeksining 25, 28, 97-moddasi 2-qismi “i, p” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Navoiy viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 12 iyundagi ajrimi bilan A’zamjon Mustafoyev aybidan Jinoyat kodeksining 25, 28, 97-moddasi 2-qismi “i” bandi chiqarilgan. Birinchi instansiya sudi hukmining qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
-
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi
Jahon | 17:43
-
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Jahon | 17:24
-
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Jahon | 17:17
Mavzuga oid

18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

09:16 / 20.03.2025