Hujjat bilan Ovçilik nazoratining jamoatçi inspektori töğrisidagi namunaviy nizom tasdiqlangan bölib, unga köra:
- jamoatçi inspektorlarning faoliyati adliya organlarida davlat röyxatidan ötkazilgan ovçilar jamoat birlaşmalari tarkibida taşkil etilişi mumkin;
- inspektorlar soni ovçilar birlaşmalari sonidan va ularning joylaşuvidan kelib çiqib belgilanadi;
- inspektorlar öz faoliyatini jamoatçilik asosida amalga oşiradilar, ular bilan mehnat şartnomasi rasmiylaştirilmaydi va iş staji hisoblanmaydi;
- inspektorlar vazifalarni bajarişga faqat iş joyidan böş vaqtlarida jalb etilişi mumkin;
- ariza 30 kun içida ovçilar jamoat birlaşmasi rahbarlik organi tomonidan Ekologiya vazirligi Örmon xöjaligi agentligi hamda içki işlar organlarining vakillari iştirokida körib çiqiladi;
- ariza qanoatlantirilganda şaxsga 3 yil muddatga tegişli guvohnoma beriladi.
Jamoatçi inspektorning asosiy vazifalari:
- tabiatni muhofaza qilişga mas’ul davlat organlarini, şuningdek, ovçilik birlaşmalarini, tabiatdan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabardor qiliş;
- sohadagi huquqbuzarliklarning oldini oliş va aniqlaşga qaratilgan, tabiatni muhofaza qilişga mas’ul inspektorlar tomonidan ötkazilayotgan patrullik reydlarida iştirok etiş;
- huquqni muhofaza qiluvçi organlarni çegaraoldi hududlardagi begona va şubhali şaxslar haqida xabardor qiliş.
Quyidagilarni belgilovçi Quroldan xavfsiz foydalaniş qoidalariga öqitiş böyiça qisqa muddatli maxsus öquv kurslari töğrisida nizom tasdiqlanmoqda: kursga qabul qiliş; öquv dasturi hajmini belgilaş; tegişli guvohnoma beriş; kurslarni tamomlagan şaxslarni reyestrini yuritiş tartibini.
















