Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Al-Qudsning boy berilişidan musulmon dunyosini ogohlantirdi.
“Agar biz Al-Qudsni boy bersak, Madinai munavvarani himoya qilolmaymiz. Agar Madinani yöqotsak, Makkani himoya qilolmaymiz. Agar Makka qöldan ketsa, Ka'bani boy beramiz”, deb aytdi. U bu haqda 15 dekabrda NTV telekanali efirida aytib ötgan.
Erdöğanning ta'kidlaşiça, AQŞ Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e'lon qilişi ortidan Yaqin Şarq va Al-Quds atrofidagi barça musulmonlarga yangi hujum boşlandi.
U Turkiya Trampning bu qaroriga qarşi yanada muhim qadamlar amalga oşirişini ta'kidlab ötgan. Erdöğan Al-Quds butun dunyo musulmonlarining or-nomusi ekaniga işora qilib, “Alloh bizga himoya qilişni buyurgan va ajdodlarning omonati bölgan Al-Qudsni himoya qiliş uçun lozim bölgan barça işni qilamiz”, deb aytgan.


















