Toşkent şahrining Sergeli tumanida ayol özi va uç farzandining joniga qasd qilgani köpçilikni qayğuga soldi. 27 yoşli ayol avvaliga 5 va 4 yoşli öğillarini 9-qavat derazasidan taşlab, keyin özi hali bir yoşga tölmagan qizaloği bilan birga pastga sakragan, natijada ularning törtalasi ham voqea joyida halok bölgandi.
Ma’lum bölişiça, marhuma ayol turmuş örtoği bilan yaşab kelgan Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi ikki qavatli uyda 2022 yil oktyabr oyida yonğin sodir bölgan. Boş prokuratura axborotiga köra, şu yonğin sababli ayol uç farzandi bilan onasining Sergeli 8-mavzesida joylaşgan 2 xonali uyiga kelib, yaşay boşlagan. “Uşbu holatlar uning ruhiyatiga salbiy ta’sir körsatgan”, – deyiladi prokuratura xabarida.



Internetda uyga ayolning özi öt qöygani haqida miş-mişlar yuribdi. Oila yaşab kelgan Zangiotadagi Nazarbek mahallasi raisi Abdubosit Yöldoşev biz bilan suhbatda buni inkor etmadi.
“Bu xonadon mahalla idorasi yonida joylaşgan, juda yaxşi bilamanki, biror marta murojaat bilan çiqişmagan. Haqiqatan ham ança avval uyda yonğin böldi, 80 kvadrat metrça joy zarar kördi. Yonğin xavfsizligi xodimlari yonğinni qisqa tutaşuvdan çiqqan deb bayonnoma tuzişdi, men mahalla raisi sifatida imzo çekdim. Oradan 3-4 kun ötib ustalar işlayotganini kördim, biratöla uyni ta’mirlaşayotgan ekan”, – dedi Abdubosit Yöldoşev.
Mahalla raisi ayol va 3 farzandning Sergelida yaşab turganini ularning uyi yonğindan keyin ta’mirga tuşgani bilan izohladi.
“Bu voqeani [Sergelidagi fojia nazarda tutilmoqda – tahr.] eşitib, xonadonga telefon qilsam, kuyovning onasi yiğlab gapirdi. “Öşanda uyni kelinimiz yoqqan, lekin uçta nabiram borligi uçun öğlimni tinçlantirib, heç kimga aytmagandik. Mahallada gap-söz çiqib, kelini uyini yoqqan deyişmasin, deganmiz. Oilani saqlaş uçun sir tutgan edik”, degan gaplarni aytdi”, – deb ma’lumot berdi rais.

















