Qattiq sovuqdan qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi
Bugun, 3 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi.
«Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman», — dedi Prezident.
Respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band). Hisob-kitobga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).
«Oldimizda dolzarb vazifa — «qattiq sovuq» oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois, iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.
Jumladan:
- 2 ming nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1 iyunga qadar uzaytiriladi;
- 29 mingta tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1 iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va “penya”siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;
- quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi;
- nosoz uskunalarni ta’mirlashga kreditlar ajratiladi, ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;
- 27 mingta tadbirkor uchun davlat mulki ijara to‘lovi 1 aprelga qadar o‘zgarmaydi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard so‘m qoladi);
- davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun to‘lovlar, foiz va “penya” 1 aprelga qadar to‘xtatib turiladi;
- ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk solig‘idan 10 foizdan chegirma beriladi.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024