Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Jinoyat kodeksidagi tuhmat va haqorat bilan boğliq moddalarga özgartiriş kiritiş töğrisida takliflar bermoqda.

«Fuqarolik jamiyatining vakili sifatida Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tuhmat yoki haqoratning har qanday şakli uçun ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi jazo bekor qilinayotganini töliq qöllab-quvvatlaydi. 

Şuningdek, fond tomonidan taşkil etilgan işçi guruhdagi jurnalist va blogerlarning fikrlarini inobatga olib, tuhmat yoki haqoratga oid jinoiy javobgarlikni belgilaş masalasi yuzasidan yana quyidagi takliflarni bildirmoqçimiz: 

Bizning fikrimizça, eng avvalo ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat yoki haqorat qilganlik uçun Jinoyat kodeksida belgilangan alohida oğirlaştiruvçi qismni çiqarib taşlaş lozim. Hozirgi holatda OAV orqali qilingan tuhmat yoki haqorat töğridan-töğri jinoiy javobgarlikka tortiş uçun asos böladi. Mazkur oğirlaştiruvçi qismni çiqarib taşlab, jurnalistlar uçun dastlab jinoiy emas, balki ma'muriy javobgarlikni belgilaş maqsadga muvofiq bölar edi. 

Ikkinçidan, amaldagi Jinoyat kodeksida tuhmat yoki haqorat uçun belgilangan jarima jazosi miqdorlari juda katta. Jumladan, umumiy holatda 44 mln sömgaça, oğirlaştiruvçi holatda esa 133 mln sömgaça jarima belgilangan. Şu sababli mazkur jarima miqdorlarini keskin kamaytiriş maqsadga muvofiq. 

Uçinçidan, amaldagi qonunçilikda haqorat qiliş jabrlanuvçini öz xizmat yoki fuqarolik burçini bajarişi munosabati bilan boğliq holda sodir etilgan bölsa, bu oğirlaştiruvçi band sifatida töğridan-töğri jinoiy javobgarlikka tortiş uçun asos böladi. Lekin aksinça öz xizmat burçini bajarayotgan şaxslar boşqa fuqarolarni haqorat qilsa, bu dastlab ma'muriy javobgarlikni keltirib çiqaradi. Uşbu holat ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan qayta körib çiqilişi va mazkur kiçik bandni çiqarib taşlaş taklif etiladi», deyiladi Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi xabarida.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-sonli qarori asosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölgan jinoiy jazo turini tayinlaşni bekor qiliş yuzasidan takliflar işlab çiqib, jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilgan edi.