14 avgust kuni Kun.uz xodimlari «Xiva stroy» MÇJ rahbarining tahririyatga yöllagan murojaati yuzasidan izoh oliş maqsadida Olmazor tuman hokimligida böldi.

Murojaatda taşkilot tomonidan tumandagi «Ibrohim ota» mahallasida 2 qavatli uylar qurilib, kam ta'minlangan va muhtoj oilalarga berilgani, bu uylarni quriş uçun MÇJ tomonidan jami 1,5 mlrd sömga yaqin qiymatdagi iş bajarilgani, biroq şundan 800 million sömga yaqini 2018 yilning yanvar oyidan buyon berilmay kelayotgani aytilgan edi.

Olmazor tuman hokimligi binosi rekonstruksiya qilinayotgani bois hokimlik apparati vaqtinça yaqin atrofdagi kollej binosiga köçgan ekan. Hammasi mazkur kollej hududida sodir böldi.

Kun.uz xodimlari murojaat böyiça izoh oliş maqsadida içkariga kirişganida tuman hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş böyiça örinbosari Abdurasul Vahabov dastlab tadbirkorlarga, söng Kun.uz xodimlariga davlat organi xodimiga xos bölmagan tarzda muomalada böldi. U videotasvirga olmaslikni talab qilib operatorga taşlandi va özini bosib ololmay, tajovuzkorona harakatlarini davom ettirib, tahririyat mulki bölgan texnika vositasini (ştativ) sindirib taşladi.

Açinarlisi, voqeaga guvoh bölib turgan içki işlar xodimi va hokimlik vakillari ham bu holatga tomoşabin sifatida qarab turişdi. Zöravon örinbosar esa muxbirlarni prokuraturaga topşirib yuboriş bilan tahdid qildi.

Qayd etiş kerakki, bu Abdurasul Vahabovning Kun.uz ijodiy guruhiga birinçi marta tajovuz qilişi emas. Şu yilning yanvarida ham aynan uşbu amaldor köpçilik oldida ogohlantirib ötirmay, sayt videokameralariga yopişib, operatorlarga taşlangan edi. Öşanda bu holatga köz yumilgan edi. Biroq, bu mas'ul şaxsning bu safargi harakati heç qanday axloq me'yorlariga töğri kelmaydi.

Biz hokimlik binosiga tadbirkorlar bilan oçiq muloqotni tasvirga olişni maqsad qilib borgan edik. Hokim örinbosari esa kamera lavhasiga tuşişni xohlamasligini oddiy sözlar bilan aytsa ham tuşunarli bölar edi. Aholi murojaatlari vaqtida bunday holatlar bölib turadi va kimdir kamera qarşisida gapirişni istamasa, buni töğri tuşuniş mumkin.

Bizku davlatning oçiqlik siyosatiga öz hissasini qöşayotgan jurnalistlarmiz. Maqsadimiz – xalq dardiga quloq tutiş, odamlarning muammolarini yoritiş, bu orqali şu kabi holatlar boşqa takrorlanmasligiga hissa qöşiş-ku? Agar bu amaldorning oldiga oddiy fuqaro yoki tadbirkor şikoyat bilan borsa, qay ahvolga tuşadi? Davlat rahbarining şaxsan özi viloyat hokimlariga jurnalistlardan uzr söra, deb turgan bir vaqtda hokim örinbosarining bu tajovuzini qanday tuşuniş mumkin?