Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga ayrim turdagi subsidiyalar proaktiv shaklda ajratiladi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga, mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya ularning murojaatisiz soddalashtirilgan tartibda ajratilishi kutilyapti.
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’yektlariga ayrim turdagi subsidiyalarni proaktiv shaklda ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagi subsidiya turlarini proaktiv shaklda ajratishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’yektlariga ayrim turdagi subsidiyalarni proaktiv shaklda ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish;
- mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratish;
- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ushbu davlat xizmatlarini proaktiv shaklda ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlaydi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
Qarordan maqsad tadbirkorlik sub’yektlariga ularning murojaatisiz (proaktiv shaklda) soddalashtirilgan tartibda subsidiyalar ajratish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Mavzuga oid
09:30 / 13.12.2025
Tadbirkorlikka ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha yangi nazorat tartibi joriy etildi
08:41 / 10.12.2025
Paxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
18:33 / 20.11.2025
Turizm sohasi uchun yangi imtiyozlar va subsidiyalar e’lon qilindi
12:39 / 07.11.2025