«Özbek futboli nuroniysi» - Özbek futboli tarixidagi eng yorqin yulduzlardan biri, Özbekistonda xizmat körsatgan sportçi, Özbekistonda xizmat körsatgan sport ustozi, «Şuhrat» medali sohibi — Birodar Abduraimov «Özbek futboli nuroniysi» sovrini bilan taqdirlandi.

«Fidoyilik ramzi» - qariyb 35 yildan buyon qöqonlik futbol muxlislari, Qöqonga taşrif buyurayotgan futbol jamoalari uçun xizmat qilayotgan inson, 70 yoşli Anvar Oxunov «Fidoyilik ramzi» sovrini bilan taqdirlanadi. «Qöqon-1912», «Turon», «Neftçi», «Döstlik-Oltiariq» kabi jamoalar muxlislari öz stadionlarini Anvar akaning ovozisiz tasavvur qila olmaydi.

«Feyr-pley» - Mavsum davomida eng kam budjet aynan «Xorazm» futbol klubida edi. Superliganing ayrim jamoalari «Xorazm» klubining smetasidan 20 barobar köpiga ega. Şunga qaramay, xorazmlik futbolçilar haqiqiy iroda körsatdi. Yigitlar bir neça oy maoş olmagan holatida ham ğurur va nomusidan voz keçmadi. Ular öz ota-onasi, oilasi va muxlislari uçun oxirigaça jang qildi. Öta kam smeta bilan Pro liganing törtinçi jamoasi böliş tahsinga sazovor.

«Eng yaxşi yoşlar murabbiyi» - Özbekiston U-18 jamoasi boş murabbiyi Farhod Nişonov bu sovringa munosib topildi.

«Ayollar Oliy ligasi töpurari» - «Söğdiyona-W» klubi yetakçisi Diyora Habibullayeva 37 ta gol bilan joriy mavsumning Ayollar Oliy ligasi töpurariga aylandi.

«Ayollar Oliy ligasi yil futbolçisi» - «Sevinç» klubi vakilasi Maftuna Şoyimova «Ayollar Oliy ligasi yil futbolçisi» sovrinini qölga kiritdi.

«Ayollar Oliy ligasi murabbiyi» - «Sevinç» klubi boş murabbiyi Vladislav Xan «Ayollar Oliy ligasi murabbiyi» sovrinini qölga kiritdi.

Yil hakamlari — Vadim Agişev va Roziyabonu Yusupova

Özbekistonning 2022 yildagi eng yaxşi yoş futbolçisi - Abbosbek Fayzullayev (Paxtakor va Özbekiston U20 jamoasi a’zosi).

19 yoşli yarimhimoyaçi «Paxtakor» bilan Superligada çempion böldi, 21ta bahsda 5ta gol va 2ta assistni öz hisobiga yozdirib qöydi. Özbekiston U-23 safida Osiyo kubogida kumuş medalni qölga kiritdi.