Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkilotining Demokratik institutlar va inson huhuqlari böyiça byurosi (YeXHT DIIHB), YeXHT Parlament Assambleyasi (YeXHT PA) va Yevropa Parlamenti kuzatuvçilarning qöşma missiyasi sönggi yillarda mamlakatdagi huquqiy baza jiddiy isloh qilingani va özgarişlarning aksariyati avvalgi tavsiyalarga mos tarzda amalga oşirilganini tan oldi. Şunga qaramay, kuzatuvçilar saylov qonunçiligida hali qator kamçiliklar mavjudligi va u hamon demokratik saylovlarning xalqaro standartlariga töliq javob bermasligini ta'kidlab ötdi.
«Mamlakat Konstitutsiyasida insonning asosiy huquq va erkinliklari kafolatlanganiga qaramay, ular boşqa qonunçilik hujjatlari bilan çeklangan va amaliyotda ulardan yetarliça qöllanayotgani yöq», deyiladi hisobotda.

Maxsus koordinator va YeXHTning qisqa muddatli kuzatuvçilar missiyasi rahbari Raynhold Lopatkaning fikriça, uşbu saylov, hozirgaça erişilgan yutuqlarning tasdiği sifatida sönggi yillardagi demokratik islohotlar davom ettirilişi zarurligini körsatib berdi. «Saylovda biroz yetişmagan asosiy erkinliklarga bölgan tölaqonli hurmat va siyosiy kuçlar örtasidagi haqiqiy raqobat kişilarning demokratik orzu-umidlari röyobga çiqişi uçun öta muhim omildir», deydi u.
Qonunbuzarliklar
Qöşma missiya, köplab saylov uçastkalarida saylov kunidagi ovoz beriş jarayonini ijobiy baholab bölmasligiga ham töxtaldi. Qöşma missiya hisobotiga köra, saylovda saylovçilarning iştiroki 80 foizdan yuqori bölgan, ammo unda köplab jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilgan. «Xususan, köp sonli saylovçilar tegişli tartiblar qöllanilmagan tarzda saylovçilar röyxatiga qöşilgan, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz öz saylov byulletenlarini topşirişi yoki boşqalar nomidan ovoz beriş holatlariga yöl qöyilgan», deyiladi hisobotda.
Kuzatuvçilar, şuningdek, bir qança saylov uçastkalarida saylov qutilariga bir kişi tomonidan bir neça byulletenlar taşlangan vaziyatlarni ham qayd etişgan. Köp hollarda ovozlarni sanaş tartib-qoidalariga rioya qilinmagani, saylov uçastkalarida esa natijalarni qayd etişda nomuvofiqliklar sababli ba'zi qiyinçiliklarga duç kelingani aytilgan.

«Mamlakatda yaqinda ötkazilgan va hozirda olib borilayotgan islohotlar istiqbolda öz mevasini berişi aniq. Biroq muxolifat partiyaning yöqligi va haqiqiy raqobat sezilmagani hamda saylov kuni közga taşlangan qator qoidabuzarliklar demokratiya jarayoni yölidagi jiddiy tösiq sifatida baholanişi mumkin», dedi Yevropa Parlamenti delegatsiyasi rahbari Haydi Hautala.



















