Avvalroq, köp sonli fuqarolarning şikoyatlariga asosan «Straus House» MÇJ vakillarining xatti-harakatlari yuzasidan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Içki işlar vazirligi Tergov departamenti Kun.uz’ga ma'lumot berişiça, «Straus House» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonlarida aniqlanişiça, Toşkent şahar, Yunusobod tumani, Yangi şahar köçasi, 16-uyda joylaşgan «Straus House» MÇJ mansabdor şaxslari Toşkent şahar, Andijon, Farğona, Namangan, Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlarida yaşovçi jismoniy va yuridik şaxslar bilan 2019 yilning yanvar-aprel oylari davomida 90 kun muddat içida Janubiy Afrika Respublikasidan «Ostriç» zotli tuyaquş (straus) jöjasini yetkazib beriş yuzasidan şartnomalar rasmiylaştiriş orqali ularning işonçiga kirib, respublikaning turli viloyatlarida yaşovçi 300dan ortiq fuqarolarning juda köp miqdordagi pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan talon-toroj qilişda gumon qilinmoqda.
Jinoyat işi böyiça «Strause House» MÇJ ta'sisçisi, Isroilov Ibroxim Rovşan öğli Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga doir:
Tuyaquşçilik — biznesmi yoki moliyaviy piramida?
«Straus House»dan aholi nega norozi?
«Har oy 8 million söm kredit tölaymiz». «Straus House»dan norozilar soni ortmoqda
«Straus House» özini oqlaşga urinmoqda. Aytilgan 5 mingta jöja qayerda?

















