Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumaniga yangi hokim tayinlanadi
Bugun, 4 oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor va Yakkasaroy tumanlariga yangi hokimlar tayinlanadi. «Kun.uz»ning Toshkent shahri hokimligidagi manbasi tasdiqlashicha, Yakkasaroy tumani hokimi Sarvar Mahametov Chilonzor tumani hokimi lavozimiga o‘tkaziladi.
Yaqin vaqt ichida Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanning yangi rahbari lavozimga tasdiqlanadi.
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Mahametov yangi lavozimda bundan oldinroq Toshkent shahri hokimining Arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Davron Hidoyatov o‘rnida ish boshlaydi.
Sarvar Mahametov 2016 yildan buyon Yakkasaroy tumani hokimi edi. Undan oldinroq esa Toshkentning boshqa bir tumani - Bektemirni boshqargan.
O‘z navbatida Mahametovdan bo‘shagan o‘ringa - Yakkasaroy tumani hokimligiga ham bugun yangi rahbar tayinlanishi kutilmoqda.
Bundan avvalroq Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Jahongirovich Usmonov Yunusobod tumaniga yangi hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:30 / 09.04.2026
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda
13:53 / 20.03.2026
Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
09:23 / 12.02.2026
Toshkentda savdo majmuasi tomida tutun: evakuatsiya amalga oshirildi
11:50 / 29.01.2026