Statistika agentligi Özbekistonning 2023 yil yanvar-aprel oylaridagi taşqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni e’lon qildi.

Qayd etilişiça, hisobot davrida respublika taşqi savdo aylanmasi (TSA) 19,6 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 7,7 mlrd dollarni, import hajmi esa 11,9 mlrd dollarni taşkil etgan. Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 6,2 foizga, import hajmi 18,6 foizga oşgan. Taşqi savdo salbiy saldosi esa 4,2 mlrd dollarga yetgan.

Taşqi savdoda Xitoyga boğliqlik kuçaymoqda

Özbekistonning taşqi savdo aloqalarida Xitoyga boğliqligi ortib bormoqda. Xususan, aprel oyida ikki davlat örtasida qariyb 970 mln dollarlik TSA kuzatilgan. Yil boşidan beri Xitoyning Özbekiston bilan tovar ayirboşlaş hajmi 3,3 mlrd dollarga yetgan.

Hisobot davrida TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXR (17 foiz), Rossiya (15,1 foiz), Qozoğiston (7,7 foiz), Turkiya (5,4 foiz), Koreya (4,1 foiz), Germaniya (4 foiz) va Qirğiziston (1,7 foiz) bilan qayd etilgan.

Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor davlatdan faqatgina uçta mamlakat – Afğoniston, Qirğiziston va Tojikiston bilan ijobiy taşqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 17 ta davlat bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolgan.

Oltinsiz eksport hajmi qisqarmoqda

Aprel oyida asosiy savdo hamkorlarimiz: Xitoy, Rossiya, Qozoğiston va Turkiyaga eksport hajmi sezilarli darajada qisqargan. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning e’tibor qaratişiça, oltinsiz eksport miqdori ötgan yilning mos davriga nisbatan 5 foizga qisqargan.

“Asosiy savdo hamkor davlatlarimiz, xususan, Qozoğiston hamda Rossiyaga eksportning qisqarişini mos davrdagi juda yuqori ösiş qisman tuşuntirib beradi (yuqori baza). Ammo Rossiyaga eksportning qisqarişi mart oyidayoq boşlanib bölgandi (bu esa signal bölişi mumkin).