Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Aeroportda mehmonni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Bu – Putinning beshinchi muddatga saylanganidan keyingi uchinchi xorijiy safari bo‘lmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etadi.

Vladimir Putin 7 may kungi inauguratsiya marosimidan boshlab beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi.
RF rahbari yangi muddatga saylanganidan keyin 16-17 may kuni Xitoyda davlat tashrifi bilan, 23-24 may kunlari Belarusda ishchi tashrif bilan bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
10:55
Rossiya “sovet xalqi genotsidi”ni inkor etganlik uchun jazo joriy qildi
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026