Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon tumanida 710ta xonadonga yetishi mumkin bo‘lgan tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijon tumanilik fuqarolar S.Yu. va Sh.B. o‘zlarining yashash xonadonlarida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy ohak mahsulotlari ishlab chiqarish sexini tashkil etib, hududiy gaz ta'minoti korxonasi manfaatlariga jami 216,6 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz 1 oy davomida hududdagi 710ta xonadonni uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlashga yetishi ma'lum bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185²-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Andijonda hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs 10 000 dollar talab qilib, oldindan 5 000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
10:20 / 03.07.2026