Hukumat qarori bilan “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatçilik fikri asosida taşabbusli budjetlaştiriş jarayonlari orqali amalga oşiriş tartibi töğrisida nizom qabul qilindi.
Jamoatçilik fikri asosida loyihalar töplami mahallalar (qişloqlar) böyiça şakllantiriladi va ğolib sifatida mahallalar (qişloqlar) aniqlanadi. Dasturlar doirasida jamoatçilik fikri asosida tadbirlarni şakllantiriş va ular uçun ovoz beriş jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida (2023 yil uçun, istisno tariqasida, 2023 yil may oyida) ötkaziladi.
Jarayonlar 3 ta bosqiçda taşkil etiladi: 1-bosqiçda – portalda loyihalar töplami şakllantiriladi; 2-bosqiçda – şakllantirilgan loyihalar töplami saralab olinadi; 3-bosqiçda – saralaş bosqiçidan ötgan loyihalar töplamlariga ovoz beriladi.
Ğolib mahallalar (qişloqlar) ovoz beriş jarayoni boşlanişidan avval keng jamoatçilikka e’lon qilingan holda quyidagi usullardan biri orqali aniqlanadi: loyihalar töplamiga berilgan ovozlar sonidan kelib çiqib; aholisi soni kam bölgan mahallalarga (qişloqlarga) tuzatiş koeffitsiyentini qöllagan holda loyihalar töplamiga berilgan ovozlar sonidan kelib çiqib.
Ovoz beriş jarayoni yakunlariga köra har bir tuman (şahar) uçun jamğarmada şakllantirilgan mablağlar doirasida eng yuqori körsatkiçni egallagan loyihalar töplami ğolib deb topiladi. Bunda loyihalar töplami ğolib deb topilişi uçun kamida 100 ta ovoz töplaşi lozim. Ovoz beriş yakunlangandan söng 3 kunda ğolib deb topilgan loyihalar töplamini amalga oşiriş böyiça manzilli röyxat şakllantiriladi hamda jamğarma mablağlaridan foydalaniş böyiça tuman (şahar) Maxsus komissiyasining tegişli qarori qabul qilinadi.
Tuman (şahar) hokimligi tomonidan 3 kunda loyihalar uçun manzilli röyxatda nazarda tutilgan mablağlar ötkazib beriladi. Har yil yakunlari böyiça jamoatçilik fikri asosida loyihalarni şakllantiriş bilan boğliq jarayonlarda faol iştirok etgan fuqarolar rağbatlantirib boriladi.

















