Özbekistondagi Uzgazoil benzin quyiş şoxobçalarida Rossiyadan import qilingan AI-80 benzini sotilmoqda.
Rossiya AI-80 benzinini işlab çiqarişni töxtatgan bölsa-da, Özbekistondagi şoxobçalarda Rossiyaning import benzini paydo bölgani savollar tuğdirdi.
Holat yuzasidan Kun.uz «Özbekneftgaz» matbuot xizmatidan izoh oldi.
2023 yilning 1 martiga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molçilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uçun, istisno tariqasida, aksiz soliğini «nol» stavkada qöllaş belgilangan.
«Respublika hududida 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oyida ob-havo harorati keskin sovib ketgani hamda avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari faoliyatiga çeklovlar joriy etilgani aholining AI-80 rusumli avtobenzinga bölgan talabi taklifga nisbatan keskin oşişiga sabab böldi.
Bu esa öz navbatida, avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida taqçillik hamda tirbandliklarni vujudga keltirdi.
«Özbekneftgaz» AJ tomonidan respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisi ehtiyojlarini sifatli va arzon narxlarda avtobenzin bilan ta’minlaş maqsadida, tasarrufdagi Buxoro neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarilayotgan mahalliy mahsulot bilan bir qatorda, tayyor mahsulotlarni import qiliş yölga qöyildi», – deyiladi kompaniya ma’lumotida.

Ma’lum qilinişiça, joriy yil yanvar oyida «Özbekneftgaz» AJ hamda Rossiyaning «Gazprom» OAJ, «Tatneft» OAJ, «ORSKNeFTeORGSINTeZ» OAJ kabi kompaniyalari bilan 50 ming tonna, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 5 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzini importi böyiça şartnomalar tuzildi va bugungi kunda respublika hududiga yetkazib keliş va içki bozorga sotiş çoralari körilmoqda.
Kompaniya qöşni Rossiya, Qozoğiston davlatlarida AI-80 rusumli avtobenzin işlab çiqariş töxtatilganiga izoh berarkan, hozirda AI-80 benzini faqatgina tadbirkorlar buyurtmasi asosida işlab çiqarilayotganini ta’kidlagan. Uning sifati asosan AI-80, K2 va K5 rusumli avtobenzin talablariga mos keladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, mahsulotni respublika hududiga temiryöl transporti orqali yetkazib beriş va boşqa xarajatlarni inobatga olgan holda, tovar xomaşyo birjasida sotiş uçun qöyiladigan boşlanğiç narxi bir tonnasi uçun

















