Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr kuni maktabgaça ta'lim tizimini tubdan takomillaştiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy sayti xabar berdi.

Unda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, Prezidentning Davlat maslahatçilari, tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari iştirok etdi. 

Mamlakatda milliy genofondni mustahkamlaş, yoş avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalaş masalalariga doimiy e'tibor qaratib kelinmoqda. 2017 yil 16 avgust kuni bölib ötgan yiğilişda ta'lim tizimini rivojlantirişning köplab yönalişlari belgilab berildi. Xususan, maktabgaça ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qiliş, mazkur muassasalarga bolalarni töla qamrab oliş böyiça muhim vazifalar qöyilgan edi. 

Prezidentning joriy yil 30 sentabrdagi “Maktabgaça ta'lim tizimi boşqaruvini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni hamda “Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. 

Yangi vazirlik oldiga maktabgaça ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş, maktabgaça ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmoğini kengaytiriş va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlaş, maktabgaça ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olişni keskin oşiriş, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etiş orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantiriş hamda ularni maktabga tayyorlaş sifatini tubdan yaxşilaş vazifalari qöyildi. 

Yiğilişda şu borada amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi. 

Hayotimizda hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytişga töğri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uçun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir özgarişga, farovon hayotga erişa olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning soğlom genofondini tayyorlaş, avvalo, maktabgaça ta'lim tizimidan boşlanadi. 

Maktabgaça ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamçi, eng asosiy böğini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga köra, inson öz umri davomida oladigan barça axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoşgaça bölgan davrda oladi. Ana şu dalilning özi bolalarimizning yetuk va barkamol şaxs bölib voyaga yetişida boğça tarbiyasi qançalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol körsatib turibdi.