Savollarga vazirning matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov javob berdi.
Taqdiri noma’lum qolayotgan “Miting, yiğiliş va namoyişlar töğrisida”gi qonun haqida
— 2019 yilda bu qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan edi. Keyin qonun töldiriş va qayta işlaş uçun yeçib olindi. Hozirgi vaqtda bu hujjat qayta körib çiqilmoqda va tez kunlarda jamoatçilik muhokamasiga qaytadan taqdim qilinadi. Jamoatçilik taklif va e’tirozlari olingaç, u parlamentga kiritiladi.
Yiğilişlar, mitinglar va köça yurişlarini ötkaziş tartibi masalasiga töxtaldingiz. Umumiy qilib aytganda, bu qonun davlat va jamoat xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan qonuniy normalarning yiğindisini ifodalagan.
Pölat Bobojonov jamoatçilik va jurnalistlarning köplab tanqidlariga qaramay, ularning savollariga javob bermayotgani haqida
— Vazir iştirokida matbuot anjumani ötkaziş haqida biz axborot bergan edik. Vazirimiz jamoatçilikning taklif va e’tirozlarini inobatga olgan holda bu masalani körib çiqmoqda. Bu tadbir haqida biz bir hafta avval sizlarga ma’lum qilamiz.
Tanzila Norboyevaning xizmat uyidan pul öğirlaganlikda gumonlangan ayolning tergov izolyatorida qiynoqqa solingan bölişi mumkinligi haqida
— Şu yilning 18 noyabr kuni Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tuman bölimiga “Dörmon yöli” köçasidagi xonadonda jinoyat sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan. Bu haqda suriştiruv tadbirlari ötkazilib, 25 noyabr kuni Mirzo Uluğbek tuman tergov bölimi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Bunda ekspertiza xulosasi va guvohlar körsatmalariga asosan 2 nafar gumonlanuvçi şaxslar 2 dekabr kuni protsessual tartibda, ya’ni sudning ajrimiga asosan 10 kun muddatga ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Ehtiyot çorasi muddati tugaşi bilan – 12 dekabr kuni gumonlanuvçilarga ayblov e’lon qiliş uçun yetarli dalillar bölmagani uçun ular ozod etildi.
















