Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi
Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Markaziy bankning «Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qo‘shma qarori qabul qilindi.
Ish beruvchi yuridik shaxslar o‘z xodimlarining pensiya hisobvaraqalariga, mazkur yuridik shaxs xodim uchun asosiy ish joyi hisoblanishi yoki u o‘rindoshlik asosida ishlashi yoxud fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarishidan qat’i nazar, majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini kiritishga majburdir.
Badallar pensiya hisobvaraqlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash bilan birgalikda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash uchun belgilangan muddatlarda ajratiladi. Bu tegishli to‘lov topshiriqnomasi vositasida amalga oshiriladi va unda omonatchining rekvizitlari, o‘tkazish maqsadi, o‘tkazilayotgan jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining summasi, “Xalq banki”ning tegishli filialiga yuboriladigan reyestrning raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
Ish beruvchi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar badallar o‘tkazilgan har bir to‘lov hujjati summasiga alohida, belgilangan tartibda ShJBPH raqamlari, har bir xodimning familiyasi, hisoblangan ish haqi va jamg‘arib boriladigan pensiya badallari summasi ko‘rsatilgan holda xodimlar reyestrlarini elektron hujjat sifatida shakllantirib, tegishli Xalq banki filialiga elektron manbalarda taqdim etishi yoki uni YaIDXP shaxsiy “tadbirkorlik sub’yekti kabineti” orqali yuborishi lozim.
Xalq banki har kuni Soliq qo‘mitasiga pensiya badallari tushumi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:42
-
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32
-
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
O‘zbekiston | 12:21
-
Isroil G‘azo sektoriga yana zarbalar berishni boshladi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar

00:23 / 17.02.2025
Mart va avgustdan oyliklar va pensiyalar oshishi haqidagi mish-mish rad etildi

23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi

08:30 / 01.11.2024