7 noyabr kuni e’lon qilingan mazkur Nizom bilan davlat fuqarolik xizmatçisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinişi mumkin bölgan sovğa qiymati va uni tasarruf etiş tartibi belgilanmoqda. Hujjatga amal qiliş davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan barça davlat fuqarolik xizmatçilari uçun majburiy hisoblanadi.

Nizomga köra, davlat fuqarolik xizmatçilari tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinişi mumkin bölgan sovğa qiymati quyidagiça belgilanmoqda:

-        davlat fuqarolik xizmatining barça siyosiy guruhi, daraja va lavozimdagi davlat fuqarolik xizmatçilari uçun – barça soliqlar va yiğimlarni hisobga olgan holda bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan (bugungi kunda 1,5 million söm) köp bölmagan miqdorda.

Taqdim etilgan sovğaning miqdori belgilangan miqdordan oşgan taqdirda, oşgan qismi xodim tomonidan davlat taşkilotiga tölaş orqali sovğani tasarruf etişi mumkin böladi.

Loyihada hukumat qarori böyiça Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasi hisobidan ketayotgan delegatsiya yoki alohida şaxslar bundan mustasno ekanligi körsatilgan. Şuningdek, davlat fuqarolik xizmatçilariga taqdim etilgan sovğa mehmon tomonning ramzlari va logotipi tuşirilgan esdalik sovğalar baholanmasligi va uni xodim öz xohişiga köra tasarruf etişi belgilanmoqda.

Davlat fuqarolik xizmatçilari tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan qabul qilinadigan sovğa:

  • Özbekistonning qonunçilik hujjatlari va davlat organining içki idoraviy hujjatlari talablariga muvofiq bölişi;
  • ixtiyoriy, aniq bir sabab, voqea munosabati bilan qabul qilinişi va taqdim etilişi hamda mazkur belgilangan miqdordan oşmasligi va haşamat predmeti bölmasligi;
  • sovğani qabul qiliş yoki taqdim etiş natijasida biror bir tarafning şaxsiy manfaatdorligi, şuningdek manfaatlar töqnaşuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarning kelib çiqişiga olib kelmasligi, xususan, xolis qaror qabul qilişiga ta’sir körsatadigan majburiyatni yuzaga keltirmasligi;
  • sovğa xizmat safarlari, xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlarda oçiq va oşkora qabul qilinişi va taqdim etilişi, davlat organi obro‘-e’tiboriga putur yetişiga olib kelmasligi;