Özbekistonda 2023 yilgi davlat dasturi tasdiqlandi.
Unda yöl harakati xavfsizligini sohasini “şahar avtomobillar emas, piyodalar uçun” ğoyasi asosida isloh qiliş közda tutilgan.
Şu maqsadda 2023 yil 1 apreldan boşlab Toşkent va Nukus şaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanişining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgaça tuşiriladi.
Eslatib ötamiz, davlat dasturi loyihasida 2023 yil 1 iyundan boşlab barça aholi punktlarida maksimal tezlikni 70 km/soatdan 60 km/soatga tuşiriş taklif etilgan edi. Yakunda yangi çeklov faqat Toşkent, Nukus hamda viloyat va tuman markazlariga taalluqli bölişi va 1 apreldan kuçga kirişi belgilandi.
Tasdiqlangan davlat dasturiga köra, 2023 yil 1 dekabrdan boşlab transport vositasining egasiga transport vositasini boşqariş huquqi ötkazilgan şaxs bilan birgalikda tegişli huquqni belgilovçi hujjatni (işonçnoma va boşqalar) taqdim etgan holda, DYHXX organlarini transport vositasini boşqariş huquqini ötkazgani haqida xabardor qiliş huquqi beriladi.
Bunda, xabarnoma olingan kundan boşlab vakolatli organ YHXXning Yagona avtomatlaştirilgan axborot-tahlil tizimiga tegişli özgartirişlar kiritadi. Natijada bu transport vositasida sodir etilgan qoidabuzarliklar uçun jarimalar boşqariş huquqi ötkazilgan şaxs nomiga yoziladi.
Tezlikning pasaytirilişi yöllardagi ölimni qançaga qisqartiradi?

















