Tezlikning pasaytirilishi yo‘llardagi o‘limni qanchaga qisqartiradi?
Shaharlarda eng yuqori tezlikni soatiga 10 kmga kamaytirish O‘zbekistonda bir yilda 614 nafar insonning hayotini saqlab qoladi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tahlillarini e’lon qildi.

Foto: Getty Images
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti shaharlarda o‘rnatilgan maksimal tezlikning pasayishi yo‘ldagi holatga (transportning o‘rtacha tezligi) va yo‘llardagi o‘lim darajasiga ta’sir qilish tahlilini Kun.uz’ga taqdim qildi.
140 ta mamlakat ma’lumotlari yig‘ilib, tahlil qilingan tadqiqot quyidagi xulosalarga kelgan:
- shaharlarda eng yuqori tezlikni soatiga 10 kmga kamaytirish o‘lim darajasini yiliga 0,8 kishiga (har 100 000 kishiga) kamaytirishga yordam beradi. Bu O‘zbekistonda 614 nafar insonning hayotini saqlab qolish deganidir;
- eng yuqori tezlik o‘rtacha harakat tezligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Harakat tezligi va sayohat vaqtiga asosiy ta’sir etuvchi omil yo‘l infratuzilmasining sifati hisoblanadi, tezlikni cheklash faqat yo‘l harakati qoidalarini yaxshilash va tegishli infratuzilma mavjud bo‘lsa, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- qonun ustuvorligi (Rule of law) reytingining 1 ballga ortishi har yili yo‘llarda o‘lim darajasini 3,3 kishiga (har 100 000 kishiga) qisqartirishi mumkin.
- past tezlikda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarida og‘ir jarohatlar ulushi kamayadi. Yo‘l-transport jarohatlari zarari past daromadli mamlakatlarda YaIMning taxminan 1foizi, o‘rta daromadlilarda 1,5 foizi va yuqori daromadli mamlakatlarda 2 foiziga teng.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1,3 million kishi halok bo‘ladi va 20-50 million kishi jarohat oladi. “Yo‘l harakati xavfsizligiga investitsiya qilish: global xususiy sektor majburiyati” nomli tadqiqot natijalariga ko‘ra esa, baxtsiz hodisalar global iqtisodiyotga yiliga 518 milliard dollar zarar keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi. Oldin bu norma 70 km/soat edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining sobiq o‘rinbosari Ispaniyada ushlandi
Jahon | 11:55
-
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
Jahon | 11:45
-
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi
O‘zbekiston | 11:00
-
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi
Jamiyat | 10:51
Mavzuga oid

19:10 / 13.05.2025
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

18:06 / 09.05.2025