Prezidentning «Tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratiş mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatçiligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Unga köra, 2023 yil 1 maydan majburiy tarzda avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyiş stansiyalarida elektron ölçaş uskunalari va onlayn videokameralari örnatiladi. Şuningdek, ular soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
2023 yilgi davlat dasturida metan şoxobçalarga elektron hisoblagiçlar örnatilişi reja qilingan.
Dasturda Özbekistonda tabiiy gazni yonilği quyiş şoxobçalariga yetkazib berişdagi öğriliklarga qarşi kuraşiş uçun yangi mexanizm işga tuşişi nazarda tutilgandi.
Unga köra, AGTKSlarga gaz hajmining onlayn hisobini yuritiş tizimi, sotilgan gaz miqdorining aniq hisobini yuritişni ta’minlovçi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan dastur mavjud bölgan hollardagina gaz yetkazib beriladi.
- Eslatib ötamiz, 6 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev energetika nazorati böyiça yiğiliş ötkazib, bu borada mas’ullarga ikki yil «favqulodda tartibda» işlaş vazifasini qöygandi. Yiğilişda mamlakatda energetika resurslari «xöjasizlarça talon-toroj qilinayotgani», «metan-şoxobçalar ustidan nazorat butunlay izdan çiqqani», «elektr va gaz böyiça avtomatik hisoblaş tizimlari 92-98 foizga örnatilgan bölsa-da, debitor qarzdorlik haligaça yuqori» ekani aytib ötilgandi. Prezident Energoinspeksiya va MIBning işini takomillaştiriş, elektr va tabiiy gazga ulanişda yangiça yondaşuvlarni joriy qiliş yuzasidan topşiriqlar bergandi.

















