Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
Toshkent shahar IIBB fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga rioya etishni hamda xavotirga berilmaslikni so‘radi.
Foto: IIBB
Poytaxt hududida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Shu munosabat bilan fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga rioya etish va xavotirga berilmaslik so‘raldi. Ta’kidlanishicha, barcha harakatlar shaharda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilyapti.
Oldinroq Toshkentda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida jinoyat olamining o‘nlab vakillariga nisbatan reydlar o‘tkazilgani, unda o‘zini «ko‘cha bollari» sifatida namoyon qilishga uringan yigitlar qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:04 / 10.03.2026
Ikki oyda 45 ta jinoiy guruh fosh etildi
19:27 / 09.02.2026
Fransiyadagi qotillik: politsiya tepkini egizaklardan qaysi biri bosganini topolmayapti
09:20 / 02.02.2026
Poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi bosqichi boshlandi
10:28 / 28.01.2026