Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda tamagirlik qilgan shifokorga jinoyat ishi ochildi
Buxoro shahrida bemor tashxisini og‘irroq qilib yozib berish uchun pul talab qilgan shifokor qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi maslahat-tashxis poliklinikasi shifokori Sh.Sh. bemor qizni nogironlik guruhiga chiqarish uchun asos bo‘ladigan kasallik varaqasiga tashxisni og‘irroq qilib yozib berish evaziga 3 million so‘m talab qilgan.
Shifokor huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2.2 million so‘m pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoroda 600 dollar evaziga fuqaroga soxta hujjat tayyorlab bergan kadastr xodimi ushlangandi.
Mavzuga oid
12:12 / 27.10.2025
Buxoroda 24 yoshli ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi
09:15 / 19.08.2025
Minorai Kalon oldidagi oshxonada yong‘in chiqdi
14:32 / 28.07.2025
Buxoroda soliq inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15:22 / 02.07.2025