Boş vazir örinbosari Behzod Musayev yangi öquv yilida imtiyozli şartlarda davlat granti asosida jami 8694ta örin ajratilayotgani haqida ma'lum qildi. Taqqoslaş uçun, ötgan yili bu körsatkiç qariyb 5 mingta bölgan.

2020-2021 öquv yili uçun kiriş imtihonlarida imtiyozlar quyidagi 7 toifa yoşlar uçun taqdim etiladi:

  • Nogironligi bölgan şaxslar uçun - 2799 örin;
  • Harbiy qömondonlik tavsiyanomasi bölgan şaxslar - 1175 örin;
  • Qurolli kuçlar tarkibiga kiruvçi idoralar xodimlarining farzandlari uçun - 1175 örin;
  • Içki işlar organlari xodimlarining farzandlari uçun - 705 örin;
  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari uçun - 1400 örin;
  • Ijtimoiy kam ta'minlangan toifadagi xotin-qizlar uçun - 940 örin;
  • Söx tumanida yaşovçi bitiruvçilar - 500 örin.

Şuningdek, harbiy xizmatçilar va içki işlar organlari xodimlarining farzandlari uçun beriladigan tavsiyanomalar bu yil ijodiy va kasbiy yönaliş uçun ham amal qiladi. Ilgari bu tavsiyanomalar faqatgina test asosidagi kiriş imtihonlari uçun amal qilardi.

Qayd etilişiça, bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça öqişga qabul körsatkiçi 36 foizga oşgan.

«Joriy yil bakalavriat ta'lim yönalişlariga qabul 36 foizga oşdi. Ötgan yili 108 915ta öringa talabalar qabul qilingan bölsa, joriy yil umumiy kvota 148 144taga yetkazildi», dedi Behzod Musayev.