Toşkent şahrida raqamli tablo örnatilgan taymerli svetoforlar örnatiş tajribasidan voz keçildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB ma'lum qilgan.

Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi vakilining aniqlik kiritişiça, şahar çorrahalarida şunday turdagi svetoforlar örnatilişi yöl-transport hodisalari soni oşişiga sabab bölgan. Şu kabi holatlar respublikaning boşqa şahar va tumanlarida ham kuzatilgan.

"Haydovçi soniyalar ortga qarab sanalayotgan elektron tabloga qarab yaşil çiroqning oxirgi soniyasida ham harakatlanişda davom etişi va buning ortidan yöl-transport hodisasi röy berişi mumkin. Darvoqe, bugungi kunda xorijda ham bunday svetorforlardan kam foydalanişmoqda. Masalan, Isroilda undan butkul voz keçişgan", degan mutaxassis.

U Toşkentda videokameralar örnatilişi tufayli bunday svetroforlarning bölişi örinsiz ekanini ta'kidlab ötgan. Bunda svetoforlar çorrahalarda tartibsizlik keltirib çiqarişi qayd etilgan.

Taymerli svetoforlar örnatiş  haydovçilardan biri ötgan yili Şavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga qilgan murojaati ortidan tajriba sifatida amalga oşirilgandi. 

Şu bilan birga Toşkent viloyati va Andijonda raqamli svetoforlar işlaşi davom etmoqda.