Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
U Samarqand viloyatiga 6 yildan buyon rahbarlik qilayotgandi.
Samarqand shahrida 28 noyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Bosh vazir matbuot xizmati xabariga ko‘ra, keyingi yillarda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholining ijtimoiy sharoitlarini yuksaltirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Uning ishdan ketishi «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» izohlangan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda u salomatligidagi muammolar tufayli ishdan ketishi haqida xabar tarqalgandi. Uning keyingi lavozimi to‘g‘risida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
Erkinjon Turdimov 1969 yil Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.
1991 yildan bank tizimida faoliyat boshlagan, 1995–1996 yillarda Zarafshon shahar hokimining iqtisodiyot masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 1996–2000 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvchisi sifatida ishlagan.
2000–2008 yillarda Xatirchi tumaniga hokimlik qilgan. 2008 yilda bir muddat Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
2008–2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016–2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
2018 yil 13 iyuldan boshlab Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
2006 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:42
-
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32
-
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
O‘zbekiston | 12:21
-
Isroil G‘azo sektoriga yana zarbalar berishni boshladi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

13:52 / 09.03.2025
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan

12:30 / 03.03.2025