2 yanvarga ötar keçasi, soat tungi 3:26 da Instagram'dagi “Bek makhmudov” profili egasi Mercedes-Benz rusumli avtomobilni Namangan şahri köçasi böylab boşqarib, buni sahifasida jonli yoritib bordi. Jonli efir Kun.uz tomonidan yozib olindi. U avtomobilni boşqarib borarkan, qatorasiga bir neçta yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzgani körinadi.

Garçi yuzini şarf bilan örab olgan bölsa-da, bu şaxs “Bek makhmudov” profilida avval joylangan foto va videolardagi şaxsning aynan özi ekanini biliş mumkin.

1-qoidabuzarlik: Harakat davomida u avtomobil tezligini bir neça marta 100 km/soatdan oşiradi. 2023 yil 3 apreldan buyon boşqa viloyat, tuman va şaharlar markazlari kabi Namangan şahrida ham çeklangan harakat tezligi 60 km/soat etib belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128 prim 3-moddasi 3- qismiga köra, harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oşiriş 9 BHM, ya’ni 3 mln 60 ming söm miqdorida jarima solişga sabab böladi.

2-qoidabuzarlik: Haydovçi avtomobilni boşqarib turib, telefondan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqda jonli efirga ulanadi (1), kuzatuvçilari tomonidan yozilayotgan izohlarni öqib, ularga javob berib boradi (2) va boşqa bir telefon apparatida tanişi bilan suhbatlaşadi (3).

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128 prim 1-moddasiga köra, transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçilarning telefondan foydalanişi (bundan telefondan quloqçinlar orqali va qöllarni işlatmasdan turib sözlaşuvlar olib boriş imkoniyatini beradigan boşqa uskunalar orqali foydalaniş mustasno), 3 BHM, ya’ni 1 mln 20 ming söm miqdorida jarima solişga sabab böladi.

3-qoidabuzarlik: Yöl örtasida xavfli buriliş qilib, qizil çiroqda harakatlanadi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128 prim 4-moddasiga köra, svetoforning taqiqlovçi signaliga böysunmasdan ötiş bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari, ya’ni 680 ming söm miqdorida jarima solişga sabab böladi.