E-auksion savdo platformasida Toşkent şahri Mirobod tumani, Amir Temur şohköçasi, 4-uy manzilida (Amir Temur xiyoboni oldida) joylaşgan Raqamli texnologiyalar vazirligi va Aloqabank binolarini sotiş böyiça savdolar yakunlandi. Spot'ning e’tibor qaratişiça, har ikkala davlat aktivini 4 aprel kuni bitta kompaniya sotib olgan.
Aloqabank boş ofisi binosi 10 daqiqa 44 soniyada 317,14 mlrd sömga sotilgan, bu – lotning boşlanğiç bahosidan (302 mlrd söm) 5 foizga köp. Ğolib bölgan taklif “Black Gold Industry News” tomonidan bildirilgan.
Oradan 9 soniya ötib, uşbu kompaniya Raqamlaştiriş vazirligi binosini sotib oliş uçun ötkazilgan ikkinçi kimoşdi savdosida ham ğolib çiqadi. Bu körsatkiç ham dastlabkisidan 5 foizga oşib, 69,85 mlrd sömni taşkil etgan. Mazkur lot 66,5 mlrd sömlik boşlanğiç narx bilan auksionga çiqarilgandi.
E’tiborli jihati, Aloqabank boş ofisi binosi 302 mlrd söm boşlanğiç narx bilan sotuvga çiqarilgan – bir kv.m maydoni 41.1 mln sömdan töğri keladi. Raqamlaştiriş vazirligiga qaraşli bölgan bino esa 66,2 mlrd söm bilan sotuvga qöyilgan – bir kv.m 18,1 mln söm. Toşkentning qoq markazida joylaşgan va deyarli bir xil parametrlarga ega uşbu yondoş binolarning nima uçun ikki xil narxda sotuvga qöyilişiga aniqlik kiritilmagan.
Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, xaridor “Black Gold Industry News” MÇJ 2022 yil 31 yanvarda Samarqand şahrida röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 8 mln söm. Faoliyat yönalişi – toğ-kon sanoati sohasi bilan boğliq. Kompaniyaning yagona ta’sisçisi va rahbari sifatida Jalolov Ziyodulla Ilyosiddin öğli körsatilgan.

Yagona korporativ ma’lumotlar portali ma’lumotlariga tayanib Gazeta.uz'ning yozişiça, 3 aprel kuni – kimoşdi savdosidan bir kun avval Aloqabank uşbu kompaniyaga 15 yil muddatga, 14 foiz stavkada

















